«ayollarga nisbatan zo‘ravonlik» tegli maqolalar


Jizzaxda 8 yoshli o‘g‘liga pichoq tiragan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 aprel 2024, 15:33

Jizzaxda 8 yoshli o‘g‘liga pichoq tiragan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Koreyada ishlayotgan rafiqasi bilan telefon orqali janjallashib, 8 yoshli o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Ma’lum bo‘lishicha, u oldin ham xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bolaga uning buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.

Toshkentda it egalari o‘rtasidagi mojaro tajovuzga aylanib ketdi
30 mart 2024, 00:24

Toshkentda it egalari o‘rtasidagi mojaro tajovuzga aylanib ketdi

Chilonzor tumanida alabay egasining ko‘z o‘ngida ikki qiz sayr qildirayotgan boshqa itga hujum qildi, shundan so‘ng jonivorlar egalari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Alabayning egasi qizlarga tahdid qilib, ikkisini ham urdi.

Jadidlarning “Messenjerdagi gurungi”: Asrlar eltgon ul bid’at uyqusidin uyg‘oning!
25 noyabr 2023, 18:17

Jadidlarning “Messenjerdagi gurungi”: Asrlar eltgon ul bid’at uyqusidin uyg‘oning!

25-noyabr — Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik — ko‘hna va katta muammo. Millat og‘riqlari haqidagi mulohazalari asr oshsa hamki o‘z dolzarbligini yo‘qotmayotgan o‘zbek ma’rifatparvarlari messenjerlari zamonida bu mavzuni qanday muhokama qilgan bo‘lardi?

“Vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”. Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada 11 yoshli qizcha o‘ldirib ketilgani haqida
28 iyul 2023, 17:03

“Vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”. Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada 11 yoshli qizcha o‘ldirib ketilgani haqida

O‘zbekiston prezidenti yaqinda Farg‘onada 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilganini tilga oldi. “Bu holat vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”, deya ta’kidlagan Mirziyoyev ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotganini qayd etdi.

Surxondaryoda o‘qituvchi ayollarni do‘pposlagan erkak pedagog 1,5 yilga qamaldi
16 iyun 2023, 19:38

Surxondaryoda o‘qituvchi ayollarni do‘pposlagan erkak pedagog 1,5 yilga qamaldi

Aprelda ayol hamkasblarini do‘pposlagan Uzun tumanidagi 31-maktabning erkak o‘qituvchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 1,5 yil muddatga qamaldi. Shuningdek, undan ikki nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlar undirilgan.

Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklagan ayol 6 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
2 may 2023, 23:56

Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklagan ayol 6 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

Toshloq tumanida qiziga ota-onasi bilan maktabga kelishini talab qilgani uchun sinfxonada pedagogni haqoratlab, kaltaklagan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ayol qilmishi uchun uzr so‘ramagan va endilikda 6 mln so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

“Erim va o‘g‘illarimni urush-janjaldan zo‘rg‘a ushlab turdim” — erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangan o‘qituvchi ayol
19 aprel 2023, 19:24

“Erim va o‘g‘illarimni urush-janjaldan zo‘rg‘a ushlab turdim” — erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangan o‘qituvchi ayol

Surxondaryodagi maktabda ayol hamkasblarini kaltaklagan erkak hodisadan keyin ham ozodlikda edi. Voqea videosi tarqalgach, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak ushlangan, maktab direktori ishdan olingan, jabrlanuvchining holidan esa hokim xabar olgan. “Gazeta.uz” hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlashdi (video).

Qizlar, sizni ta’qib qilishyaptimi? “Umidani chaqiring!”
3 aprel 2023, 19:00

Qizlar, sizni ta’qib qilishyaptimi? “Umidani chaqiring!”

Bir yil avval Toshkentda xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonliklar oldini olishga qaratilgan “Umidani chaqiring” loyihasi boshlangandi. Loyiha uchun yil qanday o‘tdi? Necha kishi “Umidani chaqirdi”? Endi nima bo‘ladi? “Gazeta.uz” loyiha tashabbuskori — BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan shu haqda suhbatlashdi.

Toshkent metrosida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash haqidagi ijtimoiy reklama joylashtirildi
29 mart 2023, 19:38

Toshkent metrosida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash haqidagi ijtimoiy reklama joylashtirildi

Toshkent metropolitenida ayollarning zo‘ravonlikka qarshi yordam so‘rab qilgan murojaatlarini radioto‘lqinlar shaklida aks ettirgan banner va posterlar joylashtirildi. Ularning har birida QR-kod mavjud bo‘lib, u orqali yordam haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting